10:06, Aprel 3, 2026
/
123

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2026-yil uchun 1-ochiq stipendiya tanlovini eʼlon qildi

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi Boshqaruv kengashining tegishli qaroriga muvofiq, nufuzli universitetlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida taʼlim olish uchun 2026-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi eʼlon qilinadi.

Hujjatlar maxsus platforma orqali 2026-yil 3-apreldan 24-aprelga qadar (shu kunning oʻzida ham 23:59 ga qadar) qabul qilinadi.

Ochiq stipendiya tanlovida ishtirok etish uchun nomzodlarda mehnat staji boʻlishi kerakmi?

“El-yurt umidi” jamgʻarmasining istiqbolli kadrlarni xorijda maqsadli tayyorlashga qaratilgan taʼlim dasturlari boʻyicha ochiq stipendiya tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga koʻra:

➖magistratura taʼlim dasturiga hujjat topshirishda — kamida 1 yil mehnat staji;

➖doktorantura taʼlim dasturiga esa 2 yildan kam boʻlmagan mehnat staji talab etiladi.

Bakalavr taʼlim dasturiga hujjat topshirishda mehnat staji talab etilmaydi.

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari qaysi taʼlim dasturlari boʻyicha ajratiladi?

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari yetakchi xorijiy taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalarda quyidagi taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun ajratiladi:

bakalavriatda — 3-4-yilga qadar;

➖magistratura (ordinatura) — 1-2-yilga qadar;

➖doktorantura (aspirantura) — 3-4-yilga qadar.

Boshqaruv kengashi qarori bilan ayrim rivojlangan davlatlar taʼlim muassasalarida bir yilgacha bakalavriatga tayyorlov kurslari xarajatlari tayyorlov kursi va bakalavriatda oʻqishning umumiy muddati 4-yildan oshmasligi sharti bilan Jamgʻarma tomonidan moliyalashtirilishi mumkin.

Ochiq stipendiya tanlovi doirasida g‘oliblar jami 6 ta bosqichdan iborat saralash jarayoni orqali aniqlanadi.

Dastlabki bosqichda barcha nomzodlarning taqdim etgan hujjatlari sinchiklab o‘rganib chiqiladi. Shundan so‘ng dunyoning eng nufuzli ta’lim muassasalariga qabul qilingan talabalar uchun imtiyozli saralash jarayonlari boshlanadi. Xususan, Top-100 talikka kiruvchi universitetlarga to‘liq grant asosida o‘qishga kirganlar ikkinchi bosqichda, Top-300 talikdagi universitetlarga to‘liq grant yutganlar esa uchinchi bosqichda imtihonlarsiz, ajratilgan kvotalar doirasida g‘olib deb topilishi mumkin.To‘rtinchi bosqichda jahonning Top-20 talik universitetlariga 50 foiz va undan yuqori miqdordagi grant bilan qabul qilingan nomzodlar orasidan g‘oliblar saralanadi. Beshinchi bosqichda maxsus test sinovlari tashkil etiladi. Saralashning yakuniy oltinchi bosqichi esa suhbat shaklida o‘tkazilib, unda nomzodlarning bilim darajasi va salohiyati so‘nggi bor sinovdan o‘tkaziladi.

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi ochiq stipendiya tanlovida kimlar test bosqichidan ozod etiladi?

Ochiq stipendiya tanlovida kimlar ishtirok eta olmaydi?

Ochiq stipendiya tanlovi doirasida nomzodlarning chet tillarini bilish darajasiga qanday talablar qoʻyiladi?

International English Language Testing System (IELTS) Academic xalqaro sertifikati boʻyicha:

bakalavriat bosqichi uchun — kamida 6 ball;

magistratura va doktorantura bosqichlari uchun — kamida 7 ball (yoki shunga teng darajada boshqa xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tillarni bilish darajasi sertifikati) boʻlishi talab etiladi.

Xorijiy taʼlim, ilmiy yoki boshqa muassasaga shartsiz qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi taklifnoma-xatni (Letter of acceptance/Letter of admission) taqdim etgan nomzodlar xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi xalqaro sertifikatni taqdim etishi talab qilinmaydi.

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan 2026/2027-oʻquv yili uchun nufuzli xorijiy universitetlarda ta’lim olish uchun 500 ta kvota ajratilgan.

Shu jumladan:

➖bakalavriat taʼlim dasturlari uchun 167 ta,

➖magistratura uchun 232 ta,

➖doktorantura uchun 38 ta,

➖Prezident qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan — qoʻshimcha 63 ta kvota.

Fikrlar (0)
Avval yangilari