Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi loyihasi bilan tanishdi. Unda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ish bilan ta’minlash va ta’limni rivojlantirish bo‘yicha bir qator yangi takliflar ilgari surildi. Strategiyaga ko‘ra, xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida B2 darajasidagi sertifikatga ega yoshlar uchun xorijga chiqish pasportini (“qizil pasport”) rasmiylashtirish bo‘yicha davlat boji 50 foizga kamaytirilishi […]










