Litseyga qurolli hujum natijasida 16 kishi yaralandi

Turkiyaning Siverek tumanidagi litseylardan birida yuz bergan qurolli hujum oqibatida talabalar, o‘qituvchilar va bir nafar politsiya xodimi tan jarohati oldi. 2007-yilda tug‘ilgan hujumchi politsiya aralashuvi paytida qo‘lga tushishini anglagach o‘zini otib o‘ldirgan.
O‘t ochilishi natijasida 16 kishi jarohatlangan. Ulardan 4 nafari o‘qituvchi, 10 nafari talaba, 1 nafari politsiya xodimi va 1 nafari oshxona ishchisidir. Qurbonlar yo‘q. 4 nafar yaradorning ahvoli biroz og‘irroq bo‘lgani uchun shifokorlar tomonidan viloyat markazidagi shifoxonalarga yuborilgan.
Ayblanuvchi litseyda faqat 9-sinfgacha o‘qigan, keyin esa masofaviy ta’lim litseyiga olingan. Yaralangan talabalardan birining aytishicha, hujum tanaffus tugashiga yaqin sodir bo‘lgan. “U birdan sinfga kirdi va tepkini bosdi, 4-5 marta o‘t ochdi. Ikki kishi urilgan edi, keyin u yon sinfga o‘tdi. Biz o‘zimizni yerga tashladik, keyin ikki kishi derazadan sakradik. U bizga hech narsa demadi, kirib to‘g‘ridan to‘g‘ri ota boshladi”, – degan talaba.
Ushbu voqea munosabati bilan litseyda ta’lim 4 kunga to‘xtatilgan. O‘qish jarayoni 20-aprel, dushanba kuni qayta tiklanishi rejalashtirilgan. Shu vaqt ichida psixologlar va krizis boshqaruv guruhlari talabalar hamda o‘qituvchilar bilan reabilitatsiya ishlarini olib boradi.