12:47, Noyabr 24, 2026
/
669

Ayrim talabalarga sessiya uçun haq tölanadigan ta’til berilişi mumkin

Masofaviy ta’limda öqiyotgan xodimlarga yiliga kamida 15 kunlik, örtaça iş haqi saqlanadigan öquv ta’tili berilişi mumkin. Şuningdek, ularning sessiyaga borib-keliş xarajatlarining kamida 50 foizini iş beruvçi qoplaşi taklif etilmoqda. Bu Mehnat kodeksiga özgartiriş kiritiş böyiça qonun loyihasida nazarda tutilgan.

15 kunlik haq tölanadigan ta’til
Loyiha bilan Mehnat kodeksining 385-moddasiga özgartiriş kiritiş taklif etilgan. Unga köra, oliy ta’lim taşkilotlarida masofaviy şaklda öqiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida qatnaşiş uçun yiliga kamida 15 kalendar kun öquv ta’tili beriladi. Bu davrda xodimning örtaça iş haqi saqlanadi. Loyihada keçki va sirtqi ta’limda öqiyotgan xodimlar uçun ham öquv ta’tili muddatlari körsatilgan. Keçki ta’limning 1-2-kurslari uçun kamida 20 kun, yuqori kurslari uçun 30 kun; sirtqi ta’limning 1-2-kurslari uçun 30 kun, yuqori kurslari uçun 40 kun ta’til beriş nazarda tutilgan.

Yöl xarajatlarining yarmi qoplanadi
Loyihaga köra, iş beruvçi masofaviy va sirtqi ta’limda öqiyotgan xodimning sessiyada qatnaşiş uçun ta’lim taşkilotiga borib-keliş yöl xarajatlarining kamida 50 foizini yiliga bir marta qoplaşi kerak. Davlat attestatsiyasida qatnaşiş uçun borib-keliş xarajatlariga ham şu tartibni qöllaş taklif etilmoqda.

Moslaşuvçan iş vaqti
Masofaviy ta’limda öqiyotgan xodimlarga öqiş davrida moslaşuvçan iş vaqti rejimini qöllaş imkoniyati ham nazarda tutilgan.

Bakalavrdan keyin magistraturada öqiyotganlar ham qamrab olinadi
Loyihada Mehnat kodeksining 386-moddasiga ham özgartiriş kiritiş taklif etilgan. Unda bakalavriat va magistratura bosqiçlarida ta’limni birinçi marta oliş masalasiga aniqlik kiritiladi. Bu tegişli ta’lim darajasini birinçi marta olayotgan xodimlarga qonunçilikdagi kafolatlardan foydalaniş imkonini beradi.

Qonun loyihasi 2026-yil 24-noyabrda jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan. Muhokama 9-dekabrgaça davom etadi. Hujjat hozirça loyiha bölib, undagi takliflar hali kuçga kirmagan.

Ilmira ALIZODA

Fikrlar (0)
Avval yangilari