14:33, Noyabr 25, 2026
/
153

Bituruvçi talabalar öqiş davomida işga jalb etiladi

Maktabgaça ta’lim yönalişida tahsil olayotgan talabalar bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarida maşğulot olib borişi mumkin. Bu esa bölajak pedagoglar uçun öqişni tugatmasdan turib, öz mutaxassisligi böyiça işlaş imkoniyatini beradi.

Ta’lim va ilm-fan vazirligi ma’lumotiga köra, bir yillik maktabga tayyorlov maşğulotlarini oliy ma’lumotli pedagog-tarbiyaçilar bilan bir qatorda, oliy ta’lim muassasalarining maktabgaça ta’lim yönalişida öqiyotgan bitiruvçi kurs talabalari ham olib borişi mumkin.

Tayyorlov guruhlari bir neçta joyda taşkil etiladi. Jumladan:
– davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarida;
– maktablarning foydalanilmayotgan böş sinfxonalarida;
– olis hududlarda boğça yoki maktab bölmasa, “Kelajak” markazlari, texnikumlar va boşqa ijtimoiy soha obyektlarida.

Maktab binosida taşkil etilgan guruhlar uçun alohida pedagog işga olinadi. Maktabda faoliyat yuritayotgan öqituvçilar esa öz darslarini qoldirib, tayyorlov maşğulotlariga jalb etilmaydi.

Talabalar uçun yana bir muhim jihat: davlat boğçalari va maktablarida taşkil etiladigan tayyorlov maşğulotlari bepul böladi. Barça guruhlarda yagona dastur asosida ta’lim berilib, bolalarning öqiş va yozişga oid dastlabki könikmalari öyin metodlari orqali şakllantiriladi. Hozirda 6 yoşli bolalarning 98 foizi maktabga tayyorlov bilan qamrab olingan. Uşbu körsatkiçni 100 foizga yetkaziş uçun taxminan 800 ta yangi guruh va 20 mingga yaqin qöşimça örin yaratiş talab etiladi. Mazkur xarajatlar 2027-yilgi davlat budjetida nazarda tutilişi rejalaştirilgan.

Demak, maktabgaça ta’lim yönalişida tahsil olayotgan bitiruvçi kurs talabalari uçun öz mutaxassisligi böyiça pedagogik faoliyat bilan şuğullaniş imkoniyati mavjud. Bunda işga qabul qiliş va mehnat şartlari tegişli tartibda rasmiylaştirilişi lozim.

Ilmira ALIZODA

Fikrlar (0)
Avval yangilari