Green Universityda 20 dan ortiq bakalavr va magistratura yo‘nalishlari ochiladi

Prezidentning 2026-yil 25-mart kuni qabul qilingan “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik ta’lim, ilm-fan va targ‘ibotni jadallashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 110-son qarori qaroriga ko‘ra, TOP-300 talikka kirgan xorijiy OTM diplomiga ega Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida to‘liq stavkada ishlaydigan o‘qituvchilarga 200 foiz ustama to‘lanadi.
Unga ko‘ra, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)ga uning tarkibidagi ta’lim hamda ilmiy tashkilotlar tuzilmalariga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
Bunda davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan dunyoning nufuzli QS, Times Higher Education va ARWU reytinglarida TOP-300 talikka kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari diplomiga ega bo‘lgan va “Green University” o‘quv jarayoniga to‘liq stavkada jalb qilingan o‘qituvchilarga 200 foiz miqdorida ustama to‘lanadi.
Green University’da joriy etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ro‘yxati
I. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab:
- Atrof-muhit va barqaror boshqaruv
- Yashil iqtisodiyot
- Yurisprudensiya
2027/2028-o‘quv yilidan boshlab:
4. Barqaror turizm va ekoturizmni boshqarish
5. Barqaror qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tizimlari
6. Atrof-muhit muhandisligi va qayta tiklanuvchi energiya
2028/2029-o‘quv yilidan boshlab:
7. Iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish
8. Cho‘llanishga qarshi kurashish va cho‘l iqtisodiyoti
2029/2030-o‘quv yilidan boshlab:
9. Gidrometeorologiya va suv resurslarini boshqarish
II. Magistratura mutaxassisliklari
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab:
- Barqaror rivojlanish
- Barqaror moliya
- Ekologiya huquqi
- Sirkulyar iqtisodiyot
- Atrof-muhit muhofazasi
- Barqaror turizm
2027/2028-o‘quv yilidan boshlab:
7. Yashil loyihalarni boshqarish
8. Atrof-muhit muhandisligi
2028/2029-o‘quv yilidan boshlab:
9. Barqaror shaharsozlik
10. Iqlimga chidamli o‘rmon xo‘jaligi
11. Barqaror energiya almashinuvi
2029/2030-o‘quv yilidan boshlab:
12. Atrof-muhit sohasida ommaviy kommunikatsiya
13. Ekologiya va sun’iy intellekt texnologiyalari
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida “Green University” uchun davlat granti bo‘yicha 100 ta, lekin umumiy qabul kvotasining 50 foizidan oshmagan miqdorda qabul kvotalarini ajratib boradi.
Shuningdek, 2026-yil 1-sentyabrga qadar “Science Oasis” tamoyili asosida oliy ta’lim tashkilotlarida yashil transformatsiya va iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha fakultet va kafedralar tashkil etiladi. “Ul Green Metric” xalqaro reyting tizimidan joy olgan dastlabki 5 ta oliygohga xalqaro reyting olish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.