12:43, Iyul 24, 2025
/
973

Tavsiyanomali abituriyentlar uchun o‘tish ballari pasayishi kutilmoqda

Prezident farmoyishiga ko‘ra, ehtiyojmand xotin-qizlar uchun grant kvotasi 2 mingdan 4 mingga oshirildi. Bu shuni anglatadiki, tavsiyanoma olgan qizlar orasida o‘qishga kirish imkoniyati oshadi, ya’ni o‘tish bali pastroq bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, test natijalari chiqishni boshlagach, «Xotin-qizlarning tavsiyanomasi nega hisoblanmadi, bizga ball qo‘shilmadi-ku» degan savollar ko’payadi.

Bu imtiyoz (tavsiyanoma) hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi.

Ko‘pchilik 4% ball qo‘shiladi deb o’ylaydi. Kutib o‘tirmang, sizga hech qanaqa ball qo‘shilmaydi.

Xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi.

Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2024-yilgi o‘tish bali yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan. Mana shu balldan kam olganlarga imtiyoz qo‘llanmaydi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari