09:07, Iyul 23, 2025
/
1,5 тыс

Talabalarining 20 mln 600 ming so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi

Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022) qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra, Respublikamizdagi professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida tahsil olayotgan talabalarning to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari (20.600.000 so‘m) dan oshmagan miqdorda sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda 1-avgustdan bazaviy hisoblash miqdori 412 ming so‘mga oshirildi.

Faqat quyidagi tofiga kiradigan talabalarga to‘lov-kontrakt summasining bir qismi qoplab beriladi:

➖ Temir daftarga kiritilgan oila farzandi;
➖ Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi;
➖ Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
➖ Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba;
➖ Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam taʼminlagan o‘quvchi-talaba;
➖ Oila aʼzolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam taʼminlagn oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
➖ Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;
➖ Oilasi kam taʼminlangan talabaga to‘lab berilishi nazarda tutilgan.

✔️ Bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida
✔️ Magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlarga to’lab beriladi.

Quyidagilar toifalarga amal qilmaydi:

➖ ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik;
➖ qo‘shma taʼlim dasturlari;
➖ tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olayotganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

Ariza berish uchun mahalla yoshlar yetakchisiga murojaat qilish, yoshlardaftari.uz sayti orqali onlayn ariza yoki 1093 raqami orqali bogʻlanish mumkin.

Fikrlar (0)
Avval yangilari