07:54, Dekabr 3, 2025
/
265

Talabaning doimiy hamrohi nima?

Talabaning doimiy hamrohi nima? “Kitob” – deb aldashga urinmang) Bu, shak-shubhasiz, mobil telefonligini hamma biladi. Keling, Sizni talabalar uchun eng ko‘p tavsiya qilinadigan, arzon, lekin narxiga nisbatan maksimal foyda va’da qiladigan telefon markalari bilan tanishtiramiz.

1. Samsung Galaxy A16 5G.

Narx va sifatning eng yaxshi balansi.200 – 250 dollar atrofidagi narxga topish mumkin. 5G internet, yorqin AMOLED ekran, uzoq muddatli dasturiy taʼminot yangilanishi – xullas, yaxshi tanlov.

2. Motorola Moto G Power (2025)

Haqiqiy “batareya chempioni”. Chunki batareykasi hatto 3 kungacha yetadi. Narxi 250 dollardan 300 dollargacha. Androidning yangi tajribasi.

3.Google Pixel 9a

Eng yaxshi kamera va dasturiy taʼminotlardan biriga ega. Qiymati 400 – 450 dollar. Bu narx toifasidagi eng sifatli kamera, tezkor Google yangilanishlariga ega sifatli gadjet.

4. Xiaomi Redmi Note 14 4G

Eng kuchli ishlash imkoniyatiga ega dastur bilan jihozlangan. Kuchliroq protsessor, yirik ekran, tezkor quvvatlash – oʻyinlar va ogʻir ilovalar uchun ham ayni mos. Narxlari 180 dollardan 230 dollargacha.

5. Samsung Galaxy A36 5GPremium

Bu telefon bilan birga hissiyot ham sotib olasiz. Chunki uning dizayni o‘zgacha. 350 – 400 dollar atrofidagi narxga topsangiz bo‘ladi. 120Hz tezkor AMOLED displey, suvga chidamlilik – telefonning eng asosiy plyuslaridir.

Fikrlar (0)
Avval yangilari