Talabalik hayoti
Mavzuga obuna bo‘lish
Oliygohlarda har dushanba “Kelajak soati” darslari o‘tiladi

Kecha 9-sentabr kuni, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda ta’lim tizimida va oliygohlarda quyidagi o‘zgarishlar amalga oshirilishi belgilandi.
- Pedagogika oliygohlarida o‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilar uchun “1+5” bakalavr ta’limi joriy qilinadi. Bunda 1 kun o‘qish 5 kun ish tizimiga o‘tiladi. Bu orqali bog‘chalarga har yili qariyb 10 ming oliy ma’lumotli mutaxassis kirib keladi.
- Hududlardagi texnika oliygohlariga ayrim ixtisoslashtirilgan maktablar biriktiriladi. Keyingi o‘quv yilidan yuqori sinflar uchun sun’iy intellekt bo‘yicha darslar kiritiladi.
- Endilikda yosh toifalari bo‘yicha milliy tarbiya modeli yaratiladi. Bolalar kontentini rivojlantirish markazi Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti olimlari bilan birgalikda qiziqarli videoroliklar ishlab chiqadi. Tayyorlangan kontentlar “Milliy tarbiya” platformasiga doimiy ravishda joylashtiriladi, telekanallarda yoritib boriladi. Oliygohlarda har dushanba “Kelajak soati” darslari o‘tiladi.
- Endilikda investor buyurtmasi bilan texnikumlarda ham kadrlar maqsadli tayyorlanadi. Investor so‘roviga asosan texnikumdagi ta’lim dasturlarini 30 foizgacha o‘zgartirish mumkin bo‘ladi. Texnikum bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan korxonalarga imtiyozli kredit ajratiladi
- Joriy yildan boshlab oliygohlarda qabul kvotalarini investitsiya loyihalarida kadrlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib shakllantirish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
0
Fikrlar (0)
Avval yangilari
Fikr bildirish uchun akkauntingizga kirishingiz kerak.
Войти