09:28, Sentabr 10, 2025
/
433

Oʻzbekistonda yagona davlat imtihoni joriy etiladi

yagona davlat

Oʻzbekistonda yagona davlat imtihonini joriy etish boshlanadi. U bir vaqtning oʻzida uch xil imtihonni — maktabni bitiruv imtihoni, oliy taʼlimga kirish imtihoni, fanlar boʻyicha sertifikat olish imtihonini birlashtiradi.

Ma’lumotlarga ko’ra, endi bitiruvchilar bir vaqtning oʻzida uchta test – maktab yakuniy imtihonlari, oliy oʻquv yurtlariga kirish imtihonlari va IELTS kabi alohida testlarni topshirishlari shart emas. Hammasi bitta yagona davlat imtihoniga birlashtiriladi.

Bu haqidagi qaror 8-sentyabr kuni prezident bilan uchrashuvda qabul qilingan. Yangi tizim byurokratiyani kamaytirish, oʻquvchilar vaqtini tejash, ota-onalarning xarajatlarini kamaytirish maqsadida joriy etilmoqda.

Fikrlar (0)
Avval yangilari