07:34, Sentabr 11, 2025
/
373

2025-yilda test sinovlarida qatnashmagan abituriyentlar soni e’lon qilindi

Bilim va malakalarni baholash agentligi 2025-yilgi test sinovlarida qatnashmagan abituriyentlar sonini e’lon qildi. Statistikaga ko‘ra, joriy yilda jami 56 329 nafar abituriyentning natijalari inobatga olinmagan. Shundan 32 051 nafari joriy yil bitiruvchilari hisoblanadi.

Hududlar kesimida eng ko‘p abituriyent testga kelmagan Samarqand viloyatida — 6 844 nafar, eng kam esa Sirdaryo viloyatida — 1 516 nafar qayd etilgan. Hududlar bo‘yicha to‘liq taqsimot quyidagicha:

  1. Samarqand viloyati — 6 844
  2. Qashqadaryo viloyati — 6 439
  3. Farg‘ona viloyati — 5 771
  4. Namangan viloyati — 5 733
  5. Toshkent viloyati — 4 942
  6. Andijon viloyati — 4 501
  7. Surxondaryo viloyati — 4 288
  8. Toshkent shahri — 3 635
  9. Xorazm viloyati — 3 087
  10. Jizzax viloyati — 2 862
  11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2 852
  12. Buxoro viloyati — 2 235
  13. Navoiy viloyati — 1 712
  14. Sirdaryo viloyati — 1 516

Shuningdek, bu yil 35 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirilgan, ular imtihon jarayonida qoidalarni buzgani sababli chiqarib yuborilgan va ball berilmagan. Hududlar kesimida eng ko‘p chetlatish Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida (6 nafardan) qayd etilgan. Qashqadaryo viloyatida 5, Toshkent shahrida 4, boshqa hududlarda esa 1–3 nafardan abituriyent testdan chiqarilgan. Shu bilan birga, chetlashtirilganlarning 14 nafari joriy yil bitiruvchilaridir.

Natijalar shuni ko‘rsatadiki, test sinovlarida qatnashmagan yoki qoidabuzarlik qilgan abituriyentlar oliy ta’limga kirish imkoniyatidan mahrum bo‘lmoqda. Bu esa imtihon jarayonida qatnashish, tartib-intizomga rioya qilish va imkoniyatlardan to‘liq foydalanish zarurligini ko‘rsatadi.

Fikrlar (1)
Avval yangilari