Toshkent shahrida “ToshTech” texnika universiteti tashkil etiladi

Ushbu oliygoh faoliyati Prezidentning “Toshkent shahrida “ToshTech” texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 2025-yil 11-sentyabrdagi PQ–274-son qarori bilan yo‘lga qo‘yiladi.
Universitet akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv sohalarida mustaqil hisoblanadi.
2025/2026-o‘quv yilidan davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan bir yillik tayyorlov kursi joriy etiladi.
2026/2027-o‘quv yilidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim jarayoni yo‘lga qo‘yiladi.
2027/2028-o‘quv yilidan bosqichma-bosqich magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlari joriy etiladi.
Universitetda ta’lim jarayoni davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida davlat va xorijiy tillarda amalga oshiriladi.
2029/2030-o‘quv yiligacha o‘qishga qabul qilingan talabalar to‘liq davlat granti asosida o‘qitiladi.