10:02, Sentabr 12, 2025
/
386

Oliy ta’lim muassasalaridagi stipendiyalar turlari

Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari «a’lo» (ko‘pi bilan 25 foizi «yaxshi») bo‘lgan hamda ijodiy ishda qatnashadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qiyotgan oxirgi ikki kurs (yuqori kurs) talabalari uchun quyidagi nomli davlat stipendiyalari mavjud:

texnika yo‘nalishlarida — Beruniy;
tibbiyot yo‘nalishlarida — Ibn Sino;
humanitar yo‘nalishlarda — Navoiy;
tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida — Kamoliddin Behzod;
tabiiy yo‘nalishlarda — Ulug‘bek;
kinematografiya yo‘nalishida — Xudoybergan Devonov;
tarix va geografiya yo‘nalishlarida — Bobur;
jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida — Pahlavon Mahmud;
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida — Imom al-Buxoriy;
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarida — To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov;
barcha yo‘nalishlarda — Islom Karimov nomli.

Ushbu stipendiyalar har bir fan sohasi uchun alohida buyuk ajdodlarimiz nomi bilan atalgan stipendiyalar bo‘lib, ular talabalarning bilimga intilishi va sohasida yetuk mutaxassis bo‘lishiga turtki beradi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari