Moskva agrar universiteti talabalari yotoqxona sharoitidan norozi

Timiryazev nomidagi Rossiya agrar universiteti magistrantlari Lisnyaya xiyobonidagi 3-sonli yotoqxonaga joylashtirilgan. Talabalarning aytishicha, yotoqxona binosi avariya holatida: devorlari chirigan, derazalar yopilmaydi, yerto‘lalardagi dushxonalar yaroqsiz holga kelib qolgan.
“Mana, devorlarni o‘zimiz bo‘yab turibmiz. Gulqog‘ozlar ko‘chirib tashlangan, shift ham qulayapti”, — deydi talabalardan biri.
Yana bir magistrning so‘zlariga ko‘ra, u o‘tgan yili bakalavrni qizil diplom bilan tamomlagan va kirish imtihonlarini deyarli maksimal ball bilan topshirgan.
Lekin bunga qaramastan kollej talabalari yangi va qulay yotoqxonaga joylashtirilganini ta’kidlashdi. Magistrantlar bu masalada talabalar shaharchasiga shikoyat qilgan, ammo hozircha ma’sullardan javob olishmagan.