18:09, Sentabr 15, 2025
/
955

Bakalavr testida maksimal ball beradigan chet tili sertifikatlari ro‘yxati yangilandi

Hukumat qaroriga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab bakalavriatga kirish test sinovlarida chet tili fani bo‘lsa, ayrim xalqaro va milliy sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan imtihonsiz maksimal ball beriladi.

Ingliz tili bo‘yicha:

IELTS Academic – 5.5 va undan yuqori (General Training endi hisobga olinmaydi)

TOEFL iBT – 72 va undan yuqori

Cambridge English: B2 First (FCE), C1 Advanced (CAE), C2 Proficiency (CPE)

Linguaskill – qabul qilinmaydi

Yapon tili:

Milliy sertifikat – B2 daraja

JLPT N2 – endi hisobga olinmaydi

Nemis tili:

Milliy sertifikat – B2 daraja

Goethe-Zertifikat – B2 va undan yuqori

DSD – B2 va undan yuqori

TestDaF – B2 va undan yuqori

Fransuz tili:

Milliy sertifikat – B2 daraja

DELF va TCF4 – endi qabul qilinmaydi

Boshqa tillar:

Milliy yoki xalqaro sertifikat – B2 va undan yuqori

❗️ Yangi tartibga ko‘ra, IELTS faqat Academic turda bo‘lishi kerak. Linguaskill, JLPT, DELF va TCF esa qabul qilinmaydi.

Demak, abituriyentlar kelgusi o‘quv yilidan chet tili fanidan maksimal ballni faqat yuqorida ko‘rsatilgan sertifikatlar orqali olishlari mumkin.

Fikrlar (0)
Avval yangilari