09:08, Sentabr 16, 2025
/
1,5 тыс

Zoomer talabalar o‘z huquqlarini talab qilmoqda

2025-yilning 4-sentyabrida Nepal hukumati jami 26 ta ijtimoiy tarmoq platformalarini blokladi. Ularning ichida Instagram, Facebook, X, WhatsApp, YouTube ham bor. 

8-sentyabrda esa yoshlar tinch namoyishga chiqishdi. Harbiylar olomonni tarqatish uchun ko‘z yosh oqqizadigan gazlardan, rezina o‘qlardan va qurollardan foydalanishdi.

Shundan keyin namoyish protestga aylanib ketdi. Yoshlarning maqsadi esa ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishini bekor qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish edi.

Namoyishga chiqqanlar hukumat binosini yoqib yubordi. Hukumat vakillaridan ko‘pchilik iste’foga chiqib ketdi. Ijtimoiy tarmoqlar blokdan ochildi. 51 kishi halok bo‘ldi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari