AQSh lik talabalar Yevropa universitetlariga qiziqish bildirmoqda

CBS News xabariga ko’ra, AQSh dagi qimmat ta’lim narxlari hamda siyosiy beqarorlik fonida ko’plab talabalar Yevropa, Buyuk Britaniya, Osiyo hamda boshqa mamlakatlar universitetlariga qiziqish bildirishmoqda. Xalqaro Ta’lim Instituti yig‘gan ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi besh yil ichida chet elda tahsil olayotgan AQSh talabalari soni barqaror o‘sib borgan — 2019-yilda qariyb 50 ming nafar bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib (so‘nggi mavjud raqamlarga ko‘ra) bu ko‘rsatkich 90 mingdan oshgan.
Mutaxassislarning aytishicha, bu ko‘tarilishning asosiy omillaridan biri siyosiy vaziyat bo‘lmoqda. Butun mamlakat bo‘ylab kampuslar norozilik namoyishlariga guvoh bo‘ldi. Minglab xalqaro talabalar vizalari bekor qilindi va universitetlar bilan Tramp ma’muriyati o‘rtasida sud jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
Boshqa talabalar esa asosan o‘qish xarajatlariga e’tibor qaratmoqda Kongress ma’lumotiga ko‘ra, har oltidan bir amerikalikda federal talabalar qarzi bor va u hozir $1,6 trilliondan oshgan. Yevropa va Buyuk Britaniyada o‘rtacha o‘qish narxi yiliga qariyb $9,000 ni tashkil etadi, AQShda esa to‘rt yillik davlat universitetida o‘qish uchun o‘rtacha $11,000 – $30,000 sarflashga to‘g‘ri keladi.