09:53, Sentabr 27, 2025
/
766

Universitetlardagi ayollarning uchdan biri jinsiy ta’qibga uchramoqda

Angliyada 50 ming nafar yakunlovchi kurs talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari har uch ayoldan biri tinimsiz bezovta qilish, fotosurat yuborilishini talab qilinish kabi ta’qibga uchragani, har besh nafardan biri esa jinsiy zoʻravonlik yoki tajovuz qurboni boʻlganini koʻrsatdi.

Mamlakat Universitet va Kollejlar Ittifoqi (UCU) bosh kotibi Jo Grady bu holatni «milliy sharmandalik» deb atab, bu kabi statistika mamlakat uchun juda qoʻrqinchli ekanligini bildirgan. Shuningdek, u oʻz bayonotida oliygohlar rektorlarini ham, talabalarni ham ogoh boʻlishga chaqirgan.

So‘nggi 12 oyda ta’qibni boshdan kechirgan talabalar orasidan atigi 13 foizi bu haqida universitet yoki kollejga xabar bergan. Jinsiy tajovuz ko‘proq xabar qilingan bo‘lsa-da, 21 yosh va undan kichik talabalar bunday holatlar haqida ma’lumot berishdan chekinishgan.

Fikrlar (0)
Avval yangilari