14:23, Sentabr 28, 2025
/
959

G‘azolik talabalar Buyuk Britaniyaga evakuatsiya qilindi

Uzoq davom etgan urush va qiyinchiliklardan so‘ng ilk bor G‘azodan 34 nafar falastinlik talaba Buyuk Britaniyaga etib bordi. Ular London va Manchesterga uchib kelishdi, ayrimlari esa Shimoliy Irlandiya va Shotlandiyadagi universitetlarga yo‘l oldi.

Bu talabalar to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lib, ularning kelishi siyosatchilar va akademiklarning bir necha oylik sa’y-harakatlari natijasida amalga oshdi. Umumiy hisobda 100 dan ortiq falastinlik yoshlar Britaniya universitetlaridan o‘qishga taklif olgan, ammo ularning barchasi hali kelishga muvaffaq bo‘lmadi.

Ta’lim vaziri Bridget Fillipson talabalarni kutib olib, ularning qat’iyati va jasoratini yuqori baholadi:

“Ular boshidan kechirgan azob-uqubatlarga qaramay, bilim olishni tanlashdi. Bu ularning kuchli irodasi va kelajakka bo‘lgan ishonchidan dalolat beradi,” – dedi u.

Britaniya tashqi ishlar vaziri Yvette Kuper esa bu tashabbusni G‘azoni qayta tiklash va yangi avlodni tarbiyalashda muhim qadam sifatida qayd etdi.

Talabalar orasida Chevening xalqaro stipendiyasi g‘oliblari ham bor. Ammo ikki nafar doktorant ayol – biri Glazgoga, ikkinchisi esa Liverpuldagi maktabga yo‘l olishi kerak edi – oilalari evakuatsiyaga qo‘shilolmaganidan keyin taklifni rad etishga majbur bo‘ldi.

Mutaxassislar bu tashabbus falastinlik yoshlar uchun Buyuk Britaniyada ta’lim olishning doimiy yo‘lini yaratishini, ular esa kelajakda orttirgan bilim va tajribalarini o‘z yurtini tiklashga safarbar etishini ta’kidlamoqda.

Fikrlar (0)
Avval yangilari