12:00, Oktabr 3, 2025
/
344

Korrupsiyaga botib borayotgan “TA’LIM”

Ta’limdagi korrupsiya mavzusi siz-u bizga allaqachon tanish. Yillar davomida turli sohalarda bu so‘zni eshitganmiz. Ta’lim tizimida ham. Avlod media shu masalada meta tahlil tayyorladi. Infografikada sabablar sizga tushunarli qilib yozilgan.

  • yilgi statistik ma’lumotlarga qaraganda O‘zbekiston Jahon korrupsiya reytingida 180 mamlakat orasida 121-o‘rinni egallagan. Indeks natijalariga ko‘ra, mamlakatimiz 100 balldan 33 ball to‘plagan. Reytingda Mog‘uliston Respublikasi bilan bir xil o‘rin qayd etilgan.

Korrupsiyaviy jinoyatlar statistikasini qidiruv tizimlarida topish qiyin. Masalan “Korrupsiyaviy jinoyatlar statistikasi eʼlon qilindi” nomli maqola 2021-yilda chiqarilgan. 2025-yilgi statistikani esa topish imkonsiz. Mavjud ma’lumotlarda pichoqqa ilingulik argumentlar mavjud emas.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlarining o‘zi pora bilan qo‘lga tushgan holatalar ham yetarlicha. Masalan Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari aksiyadorlik jamiyatining korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘lim boshlig‘i tadbirkordan 1500 AQSH dollari talab qilgan (manba – https://daryo.uz/2025/08/22/pora-bilan-qolga-tushgan-korrupsiyaga-qarshi-kurashishga-masul-xodimga-hukm-oqildi/ ).

Yillar davomida Korrupsiya eng ko‘p yo‘l qo’yiladigan sohalar qatorida Ta’lim birinchi o‘rinni egallab keladi. O‘zgarishlar yo‘q deya olmaymiz. Lekin bu yetarli emasligini ham yaxshi bilamiz. Sabablar aniq, yechimlar ham. Avvalo o‘zingizdagi ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytiring. Korrupsion holatga uchrasangiz tegishli joyga murojaat qiling. Shundagina zanjirni uzgan bo‘lasiz.

Fikrlar (0)
Avval yangilari