Eng foydali 4 AI

Talabalar, yana-da yaqinroq keling: vazifalaringizni bajarishda yordam beradigan 4 sun’iy intellekt bilan tanishtiraman. Ulardan birini siz aniq bilasiz😉

Birinchisi, shubhasiz, faoliyatingizning bir bo‘lagiga aylanib ulgurgan OpenAI, ya’ni ChatGPT. Uning asosi matn va kontentlar yaratish, o‘qituvchilik, tahlil hamda tarjimaga qurilgan. Turli tillarda ishlashi hamda shaxsiy yordamchingiz bo‘la olishi orqali undan qulay va sifatli foydalanishingiz mumkin. Bundan tashqari, tizimning boshqalardan afzalligi undagi rasm yaratish funksiyasining yaxshiroq ishlashidir.

Ikkinchisi sun’iy intellekt – bu Claude. ChatGPT ga o‘xshash, biroq matnni chuqur tahlil qiladi, uzun hujjatlarni tezda o‘qib aniqroq xulosa beradi. Ilmiy ishlar, maqolalar tahlili, diplom ishi va shu kabi katta matnli fayllarni qisqartirish uchun juda qulay. Ustun tarafi ancha xavfsiz, mantiqan aniqlik juda yuqori. Huquqiy yordamlarni ham olsangiz bo‘ladi.

Perplexity AI ham shu ro‘yxatdan o‘rin egallaydi. U, asosan, sun’iy intellektli qidiruvga ixtisoslashtirilgan tizimdir. Foydasi internetdagi ma’lumotlarni real vaqtda izlab, manbalar bilan javob beradi. Yangilik, tadqiqot, statistika, izlanishlar uchun juda qulay. Eng katta afzalligi “Google+ChatGPT” kombinatsiyasida ishlaydi, ya’ni faktlarga asoslangan 99% aniq linklar beradi.

Talabalar uchun eng manfaatli AI lardan yana biri GitHub Copilot yoki shunchaki Copilot. Microsoft va OpenAI hamkorligida yaratilgan kombinatsiya. Kod yozish, xatolarni tuzatish, hatto dasturchi yozayotgan kodni tushunib, keyingi qadamni o‘zi yozib berish funksiyalarini bajaradi. Boshqalardan farqli, vaqtni 2-3 baravarga tejaydi, yangi o‘rganuvchilar uchun ham o‘ta qulay.