09:07, Oktabr 9, 2025
/
608

Rezyume yozishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolar

rezyume

Har bir talaba uchun yaxshi rezyume yoza olish juda muhim. Chunki aynan shunga qarab sizni ishga olishadi yoki yo‘q. Ko‘pchilik aynan shu bosqichda, ya’ni rezyume yozishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yadi. Keling, eng ko‘p uchraydiganlarini ko‘rib chiqamiz.

Keraksiz ma’lumotlar bilan to‘ldirish

Ko‘pchilik rezyumeni qanchalik uzun bo‘lsa, shunchalik professional ko‘rinadi deb o‘ylaydi. Aslida esa, ish beruvchi o‘rtacha 6–10 soniya ichida rezyumeni ko‘zdan kechiradi. Shuning uchun keraksiz ma’lumotlar yozish mutlaqo ortiqcha.

Noto‘g‘ri tanlangan dizayn

Ba’zi talabalar rezyumeni Word’da turli shriftlar va ranglar bilan yozadi. Natijada bu noprofessional ko‘rinadi. Rezyumeni bir xil shrift (masalan, Times New Roman yoki Calibri), 1–2 rangdan foydalanib tayyorlang.

Agar vizual dizayn so‘rashsa Canva onlayn shablonlaridan foydalangan ma’qul.

Ish tajribasini yolg‘on ko’rsatish

Ba’zilar ish tajribam yo‘q deb noto‘g‘ri yoki bo‘rttirilgan ma’lumotlar yozadi. Agar sizda tajriba bo‘lmasa, talabalik davrida amaliyot o‘tagan joylaringizni kiritganingiz yaxshi. Masalan “Gazetada 3 oy davomida yangilik tayyorlovchi yordamchi muxbir bo‘lganman” deyish mumkin.

Grammatik xatolar

Rezyumeda birgina tinish belgisini xato yozish sizni jiddiy qabul qilmasliklariga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tayyor rezyumeni ham kamida ikki marta o‘qib chiqing.

Bundan tashqari aniqlik va qisqalikni unutmang. Rezyumedan so‘ng suhbat jarayoniga tayyorlanishni boshlang. Bu bo’yicha foydali ma’lumotlar kerak bo‘lsa, telegram kanalimizning istalgan posti ostiga mavzuni so‘rab izoh qoldiring.

Fikrlar (0)
Avval yangilari