08:57, Oktabr 15, 2025
/
913

Xalqaro ta’lim tanlovi: o‘zbekistonliklarning qanchasi bu yil chet el oliygohlari talabasi bo‘ldi?

Milliy statistika qo‘mitasi 2025-yilda O‘zbekistonlik talabalar o‘qish uchun tanlagan mamlakatlar reytingini e’lon qildi. 2025 yilning yanvar-avgust oylarida jami 20,7 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 5,1 ming nafarga yoki 24,6 % ga kamaygan. Chet elda tahsilni tanlamaslikka sabab mamlakatlarda kundan kunga kuchayib borayotgan viza siyosati bo‘lishi mumkin. 

Topning eng yuqori o‘rnini 5 270 nafar talabani qabul qilgan Tojikiston egallagan. 4 649 o‘zbek talabasi bilan 2-o‘rinda Rossiya tursa, 3 064 nafar yurtdoshimizni oliygohlariga qabul qilgan Qirg‘iz Respublikasi 3-o‘rinni band etgan. 

Reytingning boshqa davlatlari bilan quyida tanishasiz:

4.Koreya – 2 309 nafar;

5.Turkiya – 1 538 nafar;

6.Qozog‘iston – 874 nafar;

7.Xitoy – 797 nafar;

8.Buyuk Britaniya – 567 nafar;

9.Germaniya – 285 nafar;

10.AQSH – 256 nafar.

Fikrlar (0)
Avval yangilari