11:55, Oktabr 20, 2025
/
1,4 тыс

1-kurslarga stipendiya qachon tushadi?

Ko‘plab 1-bosqich talabalari universitetga qabul qilingach sentyabr oyidan boshlab stipendiya olaman deb o‘ylaydi. Bu eng xato fikr. Chunki bu oson va tez bitadigan jarayon emas. Avvalo, oliy ta’lim muassasasi Bilim va malakalarni baholash agentligi imtihonlari natijasiga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan talabgorlarning hujjatlarini yig‘adi.

Bu jarayonda kimlardir o‘qishni tanlaydi, kimdir hujjatlarini kechikib olib keladi, yana kimdir to‘lov-kontrakt asosida stipendiya olib o‘qishni tanlaydi – xullas bir qancha bosqichlardan o‘tishga to‘g‘ri keladi. Eng asosiysi esa sizga stipendiya tayinlash uchun, avvalo, talabalikka qabul qilish haqida rektor buyrug‘i kerak bo‘ladi. Yuqoridagi bosqichlar sabab buyruq, odatda, sentyabr oyining 2-yarmida chiqadi.

Undan keyin stipendiya komissiyasi tuzilib, universitet miqyosida stipendiya olishga da’vogar talabalarning ro‘yxatini tuzib chiqadi. Bu ro‘yxat rektorning tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangach OTM bugalteriyasi muassasaga bilan hamkorlik qiluvchi bank tomonidan siz uchun kartalar ochadi.

Xullas, bu jarayonlar ko‘p vaqt oladi. Shu sabab har yili oliygohlar birinchi bosqich talablariga stipendiyalarni oktyabr yoki noyabr oyida 2 yoki 3 oylikni bitta qilib tushirib beradi. Bu yildan bugalteriya bo‘limlariga davlat grantidan to‘lov-kontraktga o‘tgan talabalarning stipendiyalarini bekor qilish, aksincha holatda davlat grantiga o‘tgan talabalar uchun stipendiya tayinlash to‘g‘risida buyruqlar rasmiylashtirish, ular uchun ham bank kartalari ochish mas’uliyati yuklanganligini hisobga olsak, birinchi bosqich talabalari masalasi yana biroz cho‘zilishi tabiiy.

Fikrlar (0)
Avval yangilari