11:57, Oktabr 20, 2025
/
779

Xorijiy ta’lim: grant tushunchasi qanchalik ahamiyatli?

Talabalar uchun eng ko‘p grant ajratuvchi Top universitetlar bilan tanishing.

Xorijda tahsil olish – har kimning qalbidagi orzu. Ammo ko‘pchilik buni “menga emas” deb o‘ylaydi. Chunki narxlar juda qimmat. Biroq quyidagi mashhur universitetlar sizning orzularingizni haqiqatga aylantirishi mumkin .

1. Harvard University (AQSh)

Xalqaro talabalar uchun 100% ehtiyojga asoslangan grant ajratadi. Universitet talabalarining 70% dan ortigʻi moliyaviy yordam oladi, har yili 600 million dollardan ortiq mablagʻ grant sifatida taqsimlanadi.

2. University of Oxford (Buyuk Britaniya)

Universitet talabalariga Rhodes, Clarendon, Chevening kabi eng yirik xalqaro grantlar beriladi. Har yili ular uchun mingdan ortiq stipendiya va sponsorsiz o‘qish imkoniyatlari yaratiladi.

3. University of Cambridge (Buyuk Britaniya)

Gates Cambridge Grantlari bilan Topning yuqori o‘rinlaridan birini egallaydi. Xalqaro magistr va doktorantlarning 80 % gacha qismi grant asosida oʻqiydi.

4. Massachusetts Institute of Technology – MIT (AQSh)

Xalqaro talabalarga ham AQSh fuqarolari bilan teng darajada grant ajratadi. Har bir talabaga oʻrtacha 63 ming dollar moliyaviy yordam.

5. ETH Zurich (Shveytsariya)

Excellence Scholarship & Opportunity Programme orqali siz uchun toʻliq o‘qish va yashash xarajatlarini qoplaydi. Yevropada eng ko‘p grant ajratuvchi texnologik universitetlardan biri.

6. University of Toronto (Kanada)

Lester B. Pearson International Scholarship – bu talaba uchun to‘liq grant degani. Har yili 1500 dan ziyod xorijiy talaba to‘liq moliyalashtiriladi.

7. Australian National University (Avstraliya)

Avstraliyadagi eng katta grant fondiga ega oliy ta’lim muassasasi. ANU Global Diversity Scholarship orqali har yili millionlab dollar ajratiladi.

8. Tsinghua University (Xitoy)

Yevroosiyo davlatlari uchun to‘liq grantlar (Chinese Government Scholarship), xalqaro talabalar soni va grant miqdori bo‘yicha Osiyoda yetakchi oliygoh.

9. Seoul National University (Janubiy Koreya)

GKS (Global Korea Scholarship) orqali 100% grant asosida o‘qish imkoniyati sizni kutmoqda. Bundan tashqari, universitet sizni oylik stipendiya va bepul aviabiletlar bilan taʼminlaydi.

10. New York University – Abu Dhabi (BAA)

Har bir qabul qilingan xalqaro talaba uchun toʻliq grant kafolatlangan. Yashash, sugʻurta, parvoz xarajatlarini ham qoplaydi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari