Xorijiy talabalar tibbiyot sohasi uchun qaysi davlatni maslahat bermoqda?

Buyuk Britaniya tahsil, ayniqsa, tibbiyot yo‘nalishida tahsil olish uchun eng zo‘r davlatlardan biri. Mana, bir necha o‘n yillikdan beri bu sohada doimiy raishda Top 3 likda turadi. Biroq xalqaro talabalar joriy yilda boshqa tarafga qarab “oqib ketishmoqda”. Bu yangi mamlakat Bolgariya sanaladi. Dunyoning eng nufuzli saytlaridan biri BBC buning sababini aniqlash uchun bir qancha talaba bilan suhbat o‘tkazdi.
Talabalar eng og‘riqli nuqta sifatida, shubhasiz, narx-navoni ko‘rsatishgan. Birlashgan Qirollikda tibbiyot ta’limi yiliga 30 ming yevro (o‘zbek so‘mida 422 milliondan ortiq) atrofida bo‘lsa, Bolgariyada bu summa 7-9 ming atrofida (98-127 million so‘m). Eng asosiysi, Bolgariya diplomi ham Yevropa Ittifoqidagi deyarli barcha davlatlarda tan olinadi. Umuman, ushbu hudud yashash uchun ham Yevropaning eng arzon mamlakatlaridan biri sanaladi.
Bundan tashqari, Buyuk Britaniya oliygohlariga kirish qiyin. Talabgorlardan UCAT, BMAT kabi testlardan o‘tish talab qilinadi. Kvota HAM ancha kam. Bolgariyada esa kirish imtihonlari biroz oson. To‘g‘ri, oliygohlar Top 100 talikda yo‘q, ammo xalqaro talabalar tomonidan eng qulay amaliy yo‘l sifatida e’tirof etilmoqda.
Siz bu vaziyatda qaysi yo‘lni tanlardingiz? Va nega aynan Bolgariyani?)