10:34, Noyabr 8, 2025
/
687

Jahon kinosi ixlosmandlari, yaqinroq keling

Ayni kunlarda Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyidaYevropa kinosi festivali bo‘lib o‘tmoqda. Festival dasturida Yevropaning 12 davlatidan dramatikkomedikhujjatli va animatsion janrlardagi 12 ta film tomoshabinlar e’tiboriga havola etilishirejalashtirilgan.

Avlod Media” jamoasi jahon kinolarini sevibtomosha qiluvchi talabalar uchun festivalning dam olish kunlaridagi jadvali hamda kinofilmlarningqisqa mazmunini bir yerga jamladi!

8-noyabr:

11:00 — Four Souls of Coyote (Vengriya) — falsafiyanimatsion film bo‘lib, hindular afsonalarigaasoslangan va inson bilan tabiat o‘rtasidagi bog‘liqliknieslatadi.

14:00 — Chasing Unicorns (Estoniya) — yengil vaistehzoli drama; unda startaplar dunyosida o‘z o‘rninitopishga urinayotgan ayol tadbirkorning orzular vahaqiqat to‘qnashuvi hikoya qilinadi.

18:00 — Divertimento (Fransiya) — Parijchekkasida yashovchi ikki opa-singilning orzusihaqida film: ular dirijyor bo‘lishni va musiqadakelib chiqish hamda jins to‘siqlari yo‘qliginiisbotlashni xohlaydi.

9-noyabr:

11:00 — My Last Year as a Loser (Sloveniya) — o‘sish va o‘zini anglash haqidagi kulgili film: 30 yoshliqahramon ayol hayotini boshqalar bilan solishtirishnito‘xtatib, shunchaki yashash kerakligini anglaydi.

14:00 — And the King Said, What a Fantastic Machine (Shvetsiya) — kamera va ommaviy axborotvositalarining dunyoni idrok etishimizga ta’siri haqidahujjatli film; u ilk ixtirolardan tortib smartfonlardavrigacha bo‘lgan jarayonni ko‘rsatadi.

18:00 — Carmen (Malta) — 50 yoshdan keyinhayotini yangidan boshlagan ayol haqidagi quvnoq vailhomlantiruvchi hikoya; u o‘zini topish hech qachonkech emasligini isbotlaydi.

Eslatma: Festivalda ishtirok etish bepul. Filmlaro‘zbekcha yoki ruscha subtitr bilan asl yaratilgan tilidanamoyish etiladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari