08:28, Noyabr 14, 2025
/
489

Reyslar to‘xtatildi: imtihon shunchalik muhimmi?

Reuters internet nashrining xabar berishicha, Janubiy Koreyada 13-noyabr kuni 500 mingdan ortiq abituriyent oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonini topshirgan. Shu sabab aviareyslar 35 daqiqaga to‘xtatilgan.

Abituriyentlarning imtihon joylariga o‘z vaqtida yetib borishni ta’minlash maqsadida hatto politsiya safarbar etilgan. Ayni paytda, barcha turdagi parvozlar ham yarim soatga to‘xtatilgan.

Mamlakatda joriy 2025-yilda imtihonga kiruvchilar soni 554 mingdan oshib, so‘nggi yetti yildagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan.

Aksariyat abituriyentlar 2007-yilda tug‘ilgan bo‘lib, o‘sha yili mamlakatda omad ramzi sifatida farzand ko‘rish ko‘paygan edi.

Imtihon sanasida hatto parvozlar 35 daqiqaga to‘xtatildi.

Incheon xalqaro aeroporti hamda boshqa barcha aeroportlarda soat 13:05 dan 13:40 gacha parvozlar to‘xtatildi. Chunki aynan shu paytda abituriyentlar ingliz tilidan eshitish ko‘nikmasi bo‘yicha test topshiradi. Cheklov sababli 140 ta reys — jumladan, 65 ta xalqaro parvoz kechiktirildi. Samolyotlar 3 ming metrdan baland uchishga chaqirildi.

Hatto poytaxt hayoti ham imtihonga moslashtirildi.

13-noyabr kuni mamlakatdagi moliya bozorlari va idoralar odatdagidan bir soat kechroq ish boshladi. Bundan maqsad abituriyentlarning test sinovlarga o‘z vaqtida yetib borishiga sharoit yaratish ekani ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldinroq Janubiy Koreya ilmiy tadqiqotlarga eng ko‘p mablag‘ sarflovchi davlatlardan biri sifatida e’tirof etilgan edi.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari