13:36, Noyabr 18, 2025
/
365

Yo‘llanma sohiblari uchun sinov muddati “otmen”

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 129-moddasiga ko‘ra, bir qancha toifadagi talabgorlarni ishga olishda sinov muddati belgilanmaydi:

– homilador ayol, 3 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga toʻlmagan bolani yolgʻiz oʻzi tarbiyalayotgan ota (vasiy);

– zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan boʻlgan shaxslar;

davlat grantlari asosida oʻqigan va oliy taʼlim tashkilotini tamomlagan kundan eʼtiboran 3 oy ichida yoʻllanma boʻyicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari;

– tegishli taʼlim tashkilotini tamomlagan kundan eʼtiboran 1-yil ichida ilk  bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi boʻyicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari;

– oʻzi bilan 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar

Xabarni sinov muddati bilan ishlayotgan talaba-tanishingizga yuboring.

Fikrlar (0)
Avval yangilari