13:22, Noyabr 20, 2025
/
446

Diplomlarni tan olishda yangilik

Qoidalar hammaga bir xil, faqat Qozog‘iston istisno (mi?)

Nihoyat, Markaziy Osiyo mamlakatlari oliy ta’lim diplomlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risida kelishuvga erishdilar. Ushbu yangilik Qozog‘iston hukumati tomonidan tegishli Bitim loyihasi ma’qullanganidan so‘ng ma’lum bo‘ldi.

Hujjatga ko‘ra, “tomonlar milliy qonunchilikda belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan oliy ta’lim muassasalari tomonidan berilgan diplomlarni tan oladilar”.

Diplomlarni tan olish hujjatlarda ko‘rsatilgan malakalar oliy ta’lim tizimining umumiy talablariga javob bergan taqdirda mumkin bo‘ladi. Tan olish faqat oliy ta’lim tizimi talablarida jiddiy nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirdagina rad etilishi mumkin.

Ushbu bitimni amalga oshirish maqsadida har bir tomon o‘z davlatining vakolatli organlarini belgilaydi va bu haqda depozitariyga xabar beradi. Ular esa o‘z navbatida, barcha tomonlarni xabardor qiladi.

Shuningdek, tomonlar oliy ta’lim muassasalari tomonidan berilgan diplomlarni ularda ko‘rsatilgan o‘qitish, mutaxassislik va malaka sohalariga muvofiq professional faoliyat bilan shug‘ullanish, stajirovka o‘tash va ta’limni davom ettirish huquqini beruvchi hujjatlar sifatida tan oladilar.

Hujjatni o‘qish asnosida 3-modda e’tiborimizni tortdi. Uning matni quyidagicha:

“Qozog‘iston Respublikasi QS (Quacquarelli Symonds World University Rankings), THE (Times Higher Education) va ARWU (Academic Ranking of World Universities) dunyo reytinglarining TOP-1000 taligiga kiradigan Tomonlar davlatlarining oliy o‘quv yurtlari tomonidan berilgan diplomlarni ularda ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassislik va malakaga muvofiq ravishda professional faoliyatni amalga oshirish, stajirovkadan o‘tish va o‘qishni davom ettirish huquqini beruvchi hujjatlar sifatida tan oladi”.

Nega Qozog‘iston barcha davlatlar bilan teng ravishda shartlarni qabul qilmaydi? Shartnomadagi barcha mamlakatlar xalqaro reytinglar asosida diplomlarni tan olsa, nega ularning nomlari alohida keltirilmagan?

Fikrlar (0)
Avval yangilari