08:18, Noyabr 25, 2025
/
356

Kanada talabasi bo‘lib AQShga o‘tish endi xomxayol

Kanada hukumati 2028-yilga borib chet elliklar uchun o‘qish ruxsatnomasini qisqartirib, yiliga 150 mingtagacha tushirishni rejalashtirmoqda. Bu maqsadlar federal byudjet loyihasiga kiritilgan.

2024-yilda Kanadada vaqtinchalik migratsiya rekord darajaga yetib, aholining 7,5 foizini tashkil qildi. Hukumat bu ulushni 2027-yilga borib kamida 5 foizga tushirishni ko‘zlamoqda. Ushbu siyosat uy-joy bozori, sog‘liqni saqlash va iqtisodiyotga tushayotgan bosimni kamaytirish uchun qo‘llanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, qisqartirish tizimi Kanadada ketma-ket ikkinchi yil kuzatilmoqda. 2025-yil boshlarida vizalar limiti 437 mingta etib belgilangan edi, bu o‘tgan yilga nisbatan 10 foiz kam.

Yangi taklifga ko‘ra, hatto jamoatchilik manfaatlari talab qilsa, talaba vizalari bekor qilinishi yoki vaqtincha to‘xtatilishi mumkin. Immigratsiya vaziri bu choralarga sabab viza firibgarliklari ko‘paygani – deya izohladi. Kanada universitetlari vizalarni keskin qisqartirish va bekor qilish ehtimoli xorijiy talabalarni jalb qilish tizimiga salbiy ta’sir qilishini ta’kidlamoqda. Ular “demografik bo‘shliq” yuzaga kelishi, ya’ni bitiruvchilarga nisbatan yangi talabalar soni kamayishi xavfidan ogohlantirmoqda.

Shu bilan birga, byudjet loyihasida ta’limni qo‘llab-quvvatlashga ham e’tibor qaratilgan. Hukumat keyingi 13 yilda 1,7 milliard Kanada dollarini tadqiqotchilar, doktorantlar va yosh olimlarni jalb qilishga ajratishga tayyor.

Shuningdek, AQShning H-1B vizasiga ega malakali mutaxassislar uchun o‘qish ruxsatnomasini tezlashtirilgan tartibda berish tizimi joriy etilishi mumkin.

Xabarni Kanadada o‘qishni rejalashtirayotgan do‘stingizga yuboring.

Fikrlar (0)
Avval yangilari