18:38, Dekabr 2, 2025
/
416

Do‘stlar, Sizga zo‘r yangilik topib keldik

Umumiy sovrini 50 ming dollarlik tanlovda qatnashishga nima deysiz?

Avvalo, yangiligimiz ikki qismdan iborat.

Birinchisi Telegram “Nodes” nomli funksiyani ishga tushirmoqda.

“Nodes” – bu Telegram ilovasiga qoʻshiladigan va chatlarni alohida ish maydonlariga ajratishga yordam beradigan yangi funksiyadir. Telegramda ish yoki o‘qishga oid xabarlani to‘plash uchun “Folders” funksiyasi bor-ku deyishingiz mumkin. Lekin “Nodes” ancha qulay. Bunda faqatgina Siz tanlagan maydon xabarlarigina ekranda ko‘rinadi.

Eng qiziq va asosiy nuqtasi esa har bir yaratgan maydoningiz uchun alohida-alohida foydalanuvchi nomi va profil surati qo‘yishingiz mumkin. Ya’ni endi avataringizni qaysidir qarindoshingizdan yashirishingizga ham, ularni bloklashingizga ham, rasmiy va “krinj” kontentlar uchun ikkita alohida profil ochishingizga ham hojat bo‘lmaydi.

Ikkinchi yangilik esa shu funksiyaning dizaynini yaratish uchun tanlov e’lon qilinibdi. Sovrin jamg‘armasi 50 ming dollardan yuqori. Texnologiya ustalari uchun Telegram jamoasiga qo‘shilishning ajoyib imkoniyati! Foydalanib qoling.

Tanlov haqida batafsil ushbu manzilda ma’lumot olasiz.

Fikrlar (0)
Avval yangilari