07:39, Dekabr 3, 2025
/
511

Yaqinroq keling, Sizga AI bo‘yicha o‘qib sertifikat olishni o‘rgatamiz!

Ma’lumki, bugungi kunda sun’iy intellekt sohasi eng jadal taraqqiy etayotgan yo‘nalishlardan biri. Ammo bir muammo bor: AI bo‘yicha kurslarning deyarli barchasi ingliz tili va boshqa xorij tillarida. Ushbu sabab nafaqat oddiy yoshlar va keng jamoatchilik, balki AT sohasi vakillari uchun ham o‘rganish jarayonini qiyinlashtirib kelayotgan edi.

Shu ehtiyojdan kelib chiqib, aileaders.uz ta’lim platformasi aholiga sun’iy intellekt asoslarini nafaqat chet tillarida, balki o‘zbek tilida, qulay va tushunarli shaklda o‘rganish imkoniyatini taqdim etishni boshlabdi.

Endi siz sun’iy intellekt asoslarini to‘liq o‘zbek tilida ham o‘rganib, sertifikatga ega bo‘lishingiz mumkin. Ushbu loyihaning maqsadi – sun’iy intellektni o‘rganishni faqat mutaxassislar emas, balki barcha talaba va o‘quvchilar, IT sohaga qiziqqanlar va hatto texnika bo‘yicha maxsus bilimga ega bo‘lmagan oddiy fuqarolar uchun ham qulay qilish.

Platformada Coursera, AIstudy platformalari, Oracle, Huawei kabi kompaniyalarning kurslari murakkab ilmiy atamalardan xoli, sodda va tushunarli tarzda tayyorlangan. Har bir mavzu oddiy misollar orqali tushuntiriladi. Foydalanuvchilar nazariyani o‘qibgina qolmay, amaliy misollar ustida ishlash orqali o‘z bilimini mustahkamlash imkoniga ega bo‘lishlari mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq maktablar va oliygohlarda sun’iy intellekt o‘qitilishi haqida e’lon qilgan edik.

Fikrlar (0)
Avval yangilari