07:58, Dekabr 9, 2025
/
373

Ustozlar ham AI ishlatadi(mi?)!

Staffordshire universiteti talabalari raqamli faoliyatini boshlashga umid qilgan kurslarining katta qismi sunʼiy intellekt-AI tomonidan oʻqitilganini bilgach o‘zlarining “bilim va zavqdan mahrum boʻlganliklarini” his qilishgan.

Kursning ikki talabasi, Jeyms va Ouen, darslarda AI tomonidan yaratilgan slaydlar va oʻzgaruvchan aksentli AI ovozli sharhlar mavjudligini tezda payqashgan. Ular sun’iy intellekt materiallarining belgilarini, masalan, Amerikaning ingliz tilini izchil boʻlmagan holda Britaniya ingliz tili (aksenti)ga tahrirlash, shubhali fayl nomlari va hatto AQSh qonunchiligiga notoʻgʻri murojaatlar kabi holatlarni aniqlashgan.

Talabalar noroziliklarini bildirib, «Agar biz sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan ishni topshirsak, universitetdan haydalardik, lekin bizga u dars beryapti,» deya taʼkidlashgan.

Ular kursga sarflagan vaqtini va hayotining bir qismini behuda oʻtkazganliklarini his qilishgan. Universitet oʻz navbatida, “akademik standartlar va taʼlim natijalari saqlanib qolganini” bildirdi. Shuningdek, mas’ullar AI vositalaridan “masʼuliyatli va axloqiy foydalanishni” qoʻllab-quvvatlashini aytdi, ammo uning akademik tajribaning oʻrnini bosa olmasligini ham tasdiqladi.

Ushbu holat oliy taʼlimda AI vositalaridan tobora koʻproq foydalanish va bu borada talabalar orasida kuchayib borayotgan norozilikni yaqqol ko‘rsatib berdi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari