15:23, Dekabr 10, 2025
/
392

Oliy ta’lim vazirligi “Profi University”ni sudga bergan(mi?)

Universitet asoschisi Bektosh Xatamovning shaxsiy sahifasida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, joriy yilning 29-avgust sanasida Oliy ta’lim Vazirligi tomonidan“PROFI UNIVERSITY”ga yurisprudensiya yo‘nalishi bo‘yicha litsenziya berilgan.

Ammo shu kuni vazirlik nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga berilgan yangi litsenziyalar bo‘yicha rasmiy bayonot berib, “2025-yil 29-avgust kuni soat 06:19 dan 09:53 gacha  https://license.gov.uz axborot tizimida yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli, ko‘rib chiqish muddati tugamagan arizalar bo‘yicha ayrim nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining amaldagi litsenziyalariga o‘zgartirish kiritish haqidagi so‘rovlariga tizim tomonidan belgilangan talab buzilgan holda ijobiy xulosalar shakllantirilgan”ligini e’lon qilgan. Shu sababli tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilgan yo‘nalishlar, mutaxassisliklar, taʼlim shakllari hamda faoliyat manzillari bo‘yicha e’lon qilingan ma’lumotlar asossiz hisoblanishini bildirgan.

Bu holatga Adliya Vazirligi “Litsenziya” axborot tizimi (license.gov.uz)da texnik nosozliklar hamda ruxsat etilmagan harakatlar kuzatilmagan va tizim shtat rejimida ishlab turibdi” – deya javob bergan.

Shu bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sudga ariza bilan murojaat qilib, “PROFI UNIVERSITY” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun 2025-yil 29-avgustda berilgan 996228-sonli litsenziyani bekor qilishni so‘ragan.

Biroq 2025-yilning 24-oktyabrida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida sudning qarori bilan vazirlikning da’vo arizasi rad qilingan.

Fikrlar (0)
Avval yangilari