Soxta uy egasi “kvartira” izlayotgan qizlarni chuv tushirdi

2001-yil Navoiy viloyati Nurota tumanida tug‘ilgan fuqaro 2 talabaga uy topib berishini aytib, qizlarni chuv tushirgan. Firibgar qizlar bilan 4-sentyabr kuni yozishib ulardan pul mablag‘larini olgan.
“Kvartira topish masalasida Telegram tarmog‘idagi “Samarqand ijara uylar” gruppasidan o‘zimizga ma’qul kvartirani topgan edik. Uning egasi bilan gaplashib ko‘rdik, oldindan to‘lov qilish kerakligini aytdi. Keyin karta raqamlari, nomerlarini tashladi. Biz oldindan to‘lov qildik. Ijaraga kirishimiz kerak bo‘lgan kuni u kishining telegramlari ham, nomerlari ham ishlamay qoldi” – deydi jabrlangan qizlar.
Yigit ham aybini tan olib, mablag‘larni shaxsiy maqsadlarda sarflaganini tan olgan. Shuningdek, boshqalarga uy topishda faqat rasmiy agentlarga murojaat qilish kerakligini aytgan.
Samarqand viloyati IIB tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlarda yigitning shaxsi aniqlangan. Hozirda unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.