Talabalar uchun armiya kechiktiriladi

Rossiya Davlat Dumasida kollej va oliygoh bitiruvchilariga muddatli harbiy xizmatni bir yoki ikki yilga kechiktirish imkoniyatini berish taklifi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqida RG.RU internet nashri xabar berdi.
Duma raisi o‘rinbosari Viktoriya Abramchenkoning aytishicha, har yili 800 mingga yaqin yosh mutaxassis bitirgach darhol xizmatga chaqiriladi va ularning ko‘pchiligi armiyadan keyin kasbiga qaytmaydi. Bu esa iqtisodiyotda kadrlar yetishmovchiligiga olib kelmoqda.
Kechiktirish esa bitiruvchilarni sohaga moslashishiga yordam beradi. Abramchenkoning ta’kidlashicha, masala bo‘yicha barcha fraksiyalar deputatlari, senatorlar, vazirliklar, hududlar va ish beruvchilar vakillari ishtirokidagi ishchi guruh ishlamoqda.
Hozirgi tartibga ko‘ra, kollej va universitet talabalariga faqat o‘qish davrida kechiktirish beriladi. Bitiruvdan keyin esa bunday imtiyoz mavjud emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyalik talabalarning majburiy harbiy xizmatga qarshi namoyishga chiqqani haqida xabar bergan edik.