Qish – qor va muzda uchishdan zavq olish fasli!

Qor faqat qishda yog‘adi, avvallari muzda uchish zavqini ham faqat qishda his qilardik. Biroq texnologiya asrida hamma narsaning iloji bor. Biz Sizning o‘qishdan ozgina chalg‘ib bolalikka biroz bo‘lsa ham qayta olishingiz uchun ochiq va yopiq maydonlar ro‘yxatini tuzib chiqdik!
Birinchi manzil: Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘

Bog‘da bu yil sun’iy muzda uchish maydonchasi ochildi. Narxlar bir kishi uchun 30 ming so‘mdan boshlanadi.
Ikkinchi manzil: Tashkent City Park

Parkka yoki Tashkent City Mall’ga borgan kuzatuvchilarning maydonchaga ko‘zlari tushgani shubhasiz. Shahar markazida ochiq osmon ostida muz uchish narxi 30 ming so‘mdan boshlanadi.
Uchinchi manzil: Ice rink — Riviera savdo majmuasi

Muz maydoni markazning oziq-ovqat maydonchasi yonida joylashgan. Dam olish kunlarida tashrif buyuruvchilar muz shousidan, tomoshalar va o‘yin-kulgilardan bahramand bo‘lishlari mumkin. Narxlar bolalar uchun 45 mingdan, kattalar uchun esa 50 ming so‘mdan boshlanadi.
To‘rtinchi manzil: Humo Arena

Arena nafaqat xokkey o‘yinlari, konsertlar va boshqa tadbirlarni tomosha qilish uchun, balki yopiq maydonda konkida uchish uchun ham mo‘ljallangan. Muzda uchish narxi 60 ming so‘mdan boshlanadi.
Biz yozmagan ikki mashhur manzilni bilasizmi? Izohlarda yozib qoldiring.