Yana jinoyat: bu safar talaba portlash sodir etishda ayblanmoqda

“Xavfsizlik kuchlari Rostov viloyatining Volgodonsk shahri ma’muriyati binosi yaqinida teraktning oldini olishdi. Bu haqida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) Jamoatchilik bilan aloqalar markazi ma’lum qildi”, – deb xabar bermoqda
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, kollejlardan birining 16 yoshli talaba politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Politsiyachilarga qizning og‘ir ryukzagi shubhali tuyulgan. Voqea joyiga yetib kelgan FSB portlash texniklari ryukzakda haqiqatan ham portlovchi modda borligini tasdiqlashdi.
Qo‘lbola portlovchi qurilmaning quvvati taxminan 10 kilogramm trotil ekvivalentiga teng deb baholandi. Ma’lumot o‘rnida, ushbu miqdor bitta kichikroq binoni yo‘q qilishga yetadi. Qurilma, shuningdek, ko‘proq talafot yetkazish uchun gaykalar, mixlar va shuruplar (burama mixlar) kabi zarar yetkazuvchi elementlar bilan to‘ldirilgan.
So‘roq paytida qiz ryukzakni “Veteran” bog‘dorchilik shirakati (SNT) yaqinidagi xufiyona joydan (taynikdan) olganini aytib berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u yukni shahar ma’muriyati kirish qismiga olib borishi va qaysidir bir amaldorga topshirishi kerak bo‘lgan.
FSB shunga e’tibor qaratdiki, talabaning bergan ko‘rsatmalariga ko‘ra, u taxminan bir oy oldin internet-firibgarlarning qurboniga aylangan. Uni firibgarlar aldab o‘zi bilmagan holda portlovchi modda tashuvchisiga aylantirgan bo‘lishi mumkin. Bu usul hozirda yoshlarni xavfli jinoyatlarga jalb qilishda ko‘p ishlatilmoqda.
“Aslida esa qiz terrorchi-xudkush (smertnitsa) bo‘lishi mumkin edi”, — deya xulosa qildi idora vakillari.
Hozirda huquq-tartibot idoralari zaruriy tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazmoqda. “Protsessual qaror qabul qilinmoqda”, — deya qayd etdi FSB.