08:45, Yanvar 9, 2026
/
544

O‘zbekistondagi 10 ta oliygohda korrupsiya bo‘yicha holat yaxshilandi

23-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “2023-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “qoniqarsiz” deb baholangan guruhga kiritilgan 10 ta oliy ta’lim muassasasida keyingi ikki yil davomida korrupsiyaviy jinoyatlarga yo‘l qo‘yilmagani”ni ma’lum qildi. Ma’lumot o‘rnida, o‘sha yili o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasida 100 dan ortiq oliy ta’lim muassasalarining reytingi shakllantirilib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yaxshi, qoniqarli va qoniqarsiz toifalarga ajratilgan edi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda 10 ta oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga qarshi kurashish darajasi “yaxshi” holatga o‘tkazildi. Vazirning aytishicha, 2024, 2025-yillarda bu muassasalarda korrupsiyaga oid jinoyatlar aniqlanmagan.

Bular:

Toshkent davlat stomatologiya instituti;

Urganch davlat pedagogika instituti;

Namangan to‘qimachilik sanoati instituti;

Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filiali;

Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti;

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali;

Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali;

Toshkent kimyo-texnologiyalar institutining Shahrisabz filiali;

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Nukus filiali.

Hozirda oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarning samaradorligi reytingini baholaydigan platformani yaratish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.

Fikrlar (0)
Avval yangilari