15:30, Yanvar 13, 2026
/
276

Stanford talabalari «Falastin uchun» haydalishi va sudga tortilishgani rostmi?

2026-yil 9-yanvarda Stanfordning 5 talabasi ustidan «feloniya» darajasidagi jinoyat sudi boshlandi. Ular 2024-yilda Falastindagi qirg’inlar paytida namoyish boshlashadi, aytilishicha avvaliga tinch ko’ringan bu harakat keyinchalik avj olgan. Asosiy savol esa, talaba faolligi va so’z erkinligi qadrlanadigan Stanford va Amerika sudi qanday qaror chiqaradi..?

O’shanda talabalar universitet prezidenti ofisini egallab, bino bezaklarini buzishgan, devorlarga grafitlar chizib, soxta qon purkashgan. «Uddaburon» talabalar bu paytda xavfsizlik kameralarini o‘chirib qo’yishgan deyilmoqda, demak «ichkaridagi mulkka zarar»lar isboti yetarlicha yo’q.

Stanford ta’kidlashicha, ushbu harakatlar sabab universitet 200 yoki 300 ming dollargacha mulkiy zarar ko’rgan. Ammo talabalar hali o’qishdan chetlatilgani haqida rasmiy xabar yo’q.

Norozilik voqeasida avvaliga 12 kishi ushlangan, lekin ulardan 6 nafari shartli jazo yoki boshqa dasturlarga yo‘naltirilishdi. Qolgan 5 talaba esa o’zlarini «haq» deb hisoblashadi va shuning uchun sudga tortilishdi.

Hozir prokurorlar ularni “vandalizm va noqonuniy binoga kirish”da ayblamoqda, sobiq talabalar advokati esa bu harakatni «so‘z erkinligi doirasi»da ko‘rib chiqishni talab qilyapti.

Fikrlar (0)
Avval yangilari