Endi armiyaga boradiganlarga ko‘proq imkoniyatlar eshiklari ochiladi

Endi armiyaga borgach yigitlar faqatgina jismoniy tayyorgarlik bilan cheklanmaydi, balki kasbga ham yo‘naltiriladi. Bu haqida kecha, 13-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining mamlakatimiz harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalari boʻyicha kengaytirilgan yigʻilishda ma’lum qilindi.
Endilikda askar xohlasa, harbiy qismidagi mutaxassisligi bo‘yicha, 6 oylik kasbga tayyorlash dasturida o‘qib, malaka sertifikatini oladi va xizmat tugamasdan kasb egasiga aylanadi.
Bundan tashqari, “Bir million dasturchi” va “Sun’iy intellekt sohasida besh million yetakchi” dasturlari doirasida har yili 5 ming nafar muddatli harbiy xizmatchilar o‘qitiladi
Shu bilan birga, armiyadan qaytib, oliy oʻquv yurtlarida tahsil olmoqchi boʻlgan yoshlarga xorijiy til va fan sertifikati olish xarajatlari qoplab beriladi. Ular oliygohlarga kontraktga o’qishga kirsa, foizsiz taʼlim krediti ajratiladi.
Shunday qilib, endi o‘zbek yigitlari uchun armiya—nafaqat himoyaga tayyorgarlik, balki ta’lim olishi va kasb egallashi uchun ham muhim maydonga aylanishi mumkin.