07:42, Yanvar 15, 2026
/
762

Nega hindlar yoppasiga Irlandiyaga o‘qishga topshirishyapti?

2025-yil Irlandiyaga o‘qishga kirishda, hind abiturientlari amerika yoshlarini ortda qoldirishdi. O‘tgan yilga nisbatan 30% ga ko‘payib, 9 000 tadan ortiq o‘rinni band qilisharkan, ular Irlandiyada katta masshtabdagi xorijiy guruhga aylanishdi.

Nega aynan Irlandiya?

Salkam 1,5 mlrdga yetgan hindistonliklar nega Atlantika okeanidagi orol davlat—Irlandiyaga o‘qishga topshiradi?

To‘g‘ri bu yerda Google, Amazon, Apple, Microsoft kabi kompaniyalarning Yevropa shtab-kvartiralari bor. Ammo asosiy sabab Irlandiya ta’lim tizimi va xorijiy talabalarni o‘z hududida ishga joylash qobiliyati, ya’ni “Stay Back” Graduate Route.

Irlandiyada agar bakalavrni tugatsa 1 yil, yoki magistrlikni tamomlasa 2 yil ishlash huquqi beriladi. Biroq bu asosiy sababning ham davomi bor. Bugunda yarmi Britaniyaga qaraydigan, yarmi mustaqil Irlandiyada eng zamonaviy kasblar gullab-yashnayapti.

Texnologik gigantlardan ozuqalangan orol davlat Game—o‘yin industriyasi, dasturlash va kiberxavfsizlikning yangi turlarida rivojlangan. Bular ortidan moliya va farmatsevtika sohalari ham kuchayib bordi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari