13:47, Yanvar 15, 2026
/
281

«O‘rta asrlarni o‘rgangan» talaba uchun Yel—$50 ming, Garvard—$52 ming, Kembrij—$35 ming stipendiya beradi


Amerikaning 4 asrlik ko‘hna universiteti Yel—bu yil magistraturaga faqat 1 tagina talaba qabul qiladi. O‘rta asrlar dunyosi o‘rganiladigan yo‘nalish xorijda juda mashhur bo‘lib Garvard, Oksford, Kembrij kabi yetakchi oliygohlar ham bu  sohani chuqur o‘rganuvchilarni qidiradi.

Masalan, o‘tgan yilgi Yel magistranti Karson «O‘rta asrlardagi muqaddas shaxslar hayoti»ni o‘rganish va biografiyasini yozib chiqishni boshlagan bo’lsa, undan avvalgi Aleksandr «G’arb cherkovida Islom ilmiy fikri»ni o‘rgana boshlagan. Yelda magistr bu doktoranturani 1-yili hisoblanib, odatda talabalar 5—7 yilgacha izlanishadi va material yozishadi.

Bu soha odatda kam talaba qabul qilishi 5—7 yillik izlanishlar bilan bog’liq, tabiiyki unga beriladigan pullar bilan ham.

Ammo, O‘rta asrlar tarixi yana Garvard, Oksford, Kembrij, Prinston, Toronto, Chikago oliygohlarida ham faol o’rganiladi. Ular ham tarixni yangi qirralarini kashf etish uchun har yili 2 tadan 6 tagacha tarixnavis yoki san’atshunos talabalarni qabul qilishadi.

Talaba uchun pul masalasi esa, Yelda yiliga 50 ming dollar atrofidagi stipendiya berish bilan yechiladi va bu oyiga 4 200 dollardan ko‘proq degani. Bunda studentning boshqa moliyaviy to‘lovlari va tibbiy sug‘urtasi ham alohida qoplanadi.

Garvard Prinston va Chikago oliygohlarida ham stipendiya miqdori 48-52 ming dollar atrofida.

Toronto, Oksford va Kembrijda esa tadqiqotchilariga 25-35 ming dollargacha mablag‘ to‘lanadi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari