15:02, Yanvar 19, 2026
/
493

Google’ni yig‘ishtiring! Ilmiy ish va referatlarni yozish uchun 5 ta foydali manba

1. Google Scholar (scholar.google.com)

Bu oddiy Google emas. Bu yerda sariq matbuot yoki blogerlarning gapi chiqmaydi. Faqat ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar va tasdiqlangan faktlar bazasi.

Foydali tarafi: Har bir maqola tagida qo‘shtirnoq (”Cite“) belgisini bossangiz, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (bibliografiya) uchun tayyor formatni chiqarib beradi. Bittalab yozib o‘tirmayssiz.

2. Z-Library / Library Genesis (LibGen)

Dunyodagi eng yirik elektron kutubxonalar tarmog‘i desak ham bo‘ladi. Kitob do‘konida 50-100$ turadigan chet el darsliklarini bu yerdan bepul (PDF, EPUB) yuklab olishing mumkin. O‘zbekistonda topilmaydigan nodir manbalar koni.

Maslahat: Agar sayt ochilmasa, VPN yoqib kirish kerak (chunki tez-tez bloklanadi), lekin ichidagi boylik shunga arziydi.

3. Sci-Hub (sci-hub.se / .ru)

Ilm-fan dunyosining “Robin Gudi”. Ko‘plab nufuzli jurnallardagi pullik maqolalarni (narxi 30-40$ bo‘lgan) talabalar uchun tekinga ochib beradi.

Foydali tarafi: O‘zingizga kerakli pullik maqolaning DOI raqamini yoki URL manzilini nusxalab, Sci-Hub qidiruviga tashlaysiz.“Open” tugmasini bosasiz va maqola sizniki!

4. CyberLeninka (cyberleninka.ru)

Agar ingliz tili bilan muammo bo‘lsa, bu sayt yordamga keladi. MDH davlatlaridagi olimlarning rus va qisman o‘zbek tilidagi ilmiy ishlari jamlangan ochiq baza.

Foydali tarafi: Registratsiya so‘ramaydi, to‘liq matnni darhol o‘qish va yuklab olish mumkin. Diplom, kurs ishi uchun nazariy qism yozishda eng yaxshi yordamchi.

5. SlideShare (slideshare.net)

Sizga himoya uchun nutq yoki taqdimot tayyorlashda ilhom kerakmi? Bu yerda boshqa talaba va professorlar tomonidan yuklangan millionlab tayyor slaydlar bor.

Foydali tarafi: Mavzuyingizni qidiruvga berasiz hamda tayyor ishlarning strukturasi, dizayni va rejasini o‘rganib chiqasiz. Unutmang, “Velosipedni qayta ixtiro qilish” shart emas😉!

Xulosa, “Copy-paste” qilganda ham ChatGPT emas, aqlli manbadan oling. Shunda domlada o‘zingizga nisbatan hurmat uyg‘otaiz. Diplom ishi vaqti qidirib qolmaslik uchun hoziroq “save” qilib qo‘ying!

Fikrlar (0)
Avval yangilari