15:10, Yanvar 23, 2026
/
305

Arxitektura yo‘nalishi talabalari amaliyotga jalb qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2026-yildagi asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda aytilishicha, hududlarning bosh rejasini ishlab chiqish uchun Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Turkiyadan mutaxassislar olib kelinmoqda. Lekin o‘zimizdagi 18 ta oliygohda arxitektura yo‘nalishida yiliga 7 mingga yaqin mutaxassis tayyorlanmoqda. 

Prezident hokimlar bitiruvchi talabalarni 903 ta “og‘ir” mahallaning bosh rejasiga jalb qilib, ularni chet ellik mutaxassisga biriktirsa, bu yoshlarimiz uchun ham kasbiy amaliyot, ham tajriba maktabi bo‘lishi ta’kidladi.

Endilikda talabalar o‘rtasida mahalla bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.

Bunday mahallalarga yangicha qiyofa olib kiradigan eng zo‘r loyihalarni ishlab chiqqan talabalar jamoasiga 100 million so‘mdan mukofot beriladi. Bu orqali zamonaviy yosh arxitektor va urbanistlar korpusi shakllantirilishi ta’kidlandi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari