12:24, Fevral 4, 2026
/
986

Turkiyada yashash, o‘qish va ovqatlanish xarajatlari qoplanadigan 10 kunlik forumga marhamat!

2026-yil 6–15-iyul kunlari Ibn Xaldun universiteti negizida boʻlib oʻtadigan “Third Turkic World Summer Forum – 2026” da qatnashish uchun arizalar qabul boshlandi.

“Turkiy dunyo kelajagi” umumiy mavzusiga bagʻishlangan forum olimlar, yosh tadqiqotchilar, amaliyotchilar, davlat tuzilmalari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati vakillarini Bolqondan Markaziy Osiyogacha boʻlgan mintaqadagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy va texnologik jarayonlarni muhokama qilish uchun bir joyga toʻplaydi.

Forumning asosiy yoʻnalishlari quyidagilarni qamrab oladi:

➖turkiy xalqlar tarixi va sivilizatsion rivojlanishi;

➖siyosat, boshqaruv va xavfsizlik;

➖iqtisodiyot, energetika va transport aloqadorligi (jumladan, Oʻrta yoʻlak);

➖madaniyat, til, ommaviy axborot vositalari va “yumshoq kuch”;

➖mintaqa kelajagi: sunʼiy intellekt, raqamli boshqaruv, iqlim va “Vision 2040” strategiyasi.

Forum dasturi 10 kunga moʻljallangan boʻlib, maʼruzalar, panel munozaralar, debatlar, simulyatsiyalar, seminarlar, shuningdek, madaniy tadbirlarini oʻz ichiga oladi. Oʻqish bepul; yashash va ovqatlanish qabul qiluvchi tomon tomonidan taʼminlanadi.

Kimlar ariza topshirishi mumkin:

➖magistratura va doktorantura talabalari, oʻqituvchilar;

➖davlat xizmatchilari, diplomatlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari;

➖turkiy dunyo mamlakatlaridan ekspertlar va mutaxassislar.

Ishtirok etishning ikki shakli koʻzda tutilgan:

✔️ maʼruzachilar/spikerlar (hajmi 5 000-15 000 soʻzdan iborat ilmiy maqola bilan, topshirish muddati — 2026-yil 20-fevral);

✔️ ishtirokchi-tinglovchilar (CV va motivatsion xat, topshirish muddati — 2026-yil 15-aprel).

Batafsil ma’lumot bu yerda👈

Fikrlar (0)
Avval yangilari