Prezident yoshlarga katta imtiyoz beruvchi muhim qarorni imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ–59-son qaroriga asosan, olis va chekka hududlardagi mahallalarda xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkil etish uchun 6 oylik imtiyoz davri bilan 3 yilgacha muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravari miqdorida foizsiz qarz (ssuda) ajratiladi.
Qarz ajratishda quyidagi talablar belgilanadi:
➖yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lgan yoki yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektining ularga xorijiy tillar bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikati olinganiga ikki yildan oshmagan bo‘lishi;
➖qarz oluvchi subyektlar bilan Jamg‘arma ijro etuvchi organi o‘rtasida affillanganlik holati bo‘lmasligi.
Ma’lumot o‘rnida, bu imtiyoz — ikki tomonning bir-biriga shunchaki tanish emas, balki manfaatlar jihatidan bog‘liqligi.
Qarz yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yurituvchi jismoniy shaxslarga va ustav fondi (ustav kapitali)ning kamida 50 foizi qarz ajratilishi vaqtida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga tegishli bo‘lgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi.