14:10, Fevral 18, 2026
/
191

“Sezon” ochiq: Ichki ishlar akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Ichki ishlar akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi.

Fuqarolar S.R. va S.Sh. o‘zaro til biriktirib fuqaro B.M.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Ichki ishlar akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishlari evaziga 12 000 AQSH dollari (146 mln 212 ming 440 so‘m) ta’ma qilishgan. Firibgarlar pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, hozirda Ichki ishlar Akademiyasining “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga qabul davom etmoqda.

Fikrlar (0)
Avval yangilari